Salom, Dunyo! (Hello, World!)
Endi birinchi dasturingizni yozish vaqti keldi. Dasturlash tillarini o‘rganishda terminalga “Salom, Dunyo!” matnini chiqarish an’anaga aylangan.
Loyiha Jildini Yaratish
Terminalda yangi jild oching va uning ichiga kiring:
mkdir ~/projects/salom_dunyo
cd ~/projects/salom_dunyo
Dastur Kodini Yozish
O‘zingiz yoqtirgan matn muharriri (VS Code, Neovim, Helix yoki Nano) yordamida main.rs nomli fayl yarating. Rust manba kodlari har doim .rs kengaytmasi bilan tugaydi.
main.rs fayliga quyidagi kodni yozing:
fn main() {
println!("Salom, Dunyo!");
}
Faylni saqlang va terminalga qayting.
Dasturni Kompilyatsiya Qilish va Ishga Tushirish
Rust — bu oldindan kompilyatsiya qilinadigan (ahead-of-time compiled) til. Bu degani siz dasturingizni kompilyatsiya qilib binar (executable) faylga aylantirasiz va ushbu faylni Rust o‘rnatilmagan boshqa kompyuterlarda ham bemalol ishga tushirishingiz mumkin!
Faylni kompilyatsiya qilish uchun:
rustc main.rs
Agar barcha qoidalar to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, rustc jim ishlaydi va jildingizda yangi binar fayl paydo bo‘ladi (Linux/macOS da main, Windows da main.exe).
Endi dasturni ishga tushiring:
./main
Terminalingizda quyidagi yozuv chiqadi:
Salom, Dunyo!
Kod Anatomiyasi: Qatorlar Tahlili
Keling, yozgan kodimizni batafsil ko‘rib chiqaylik:
fn main() {:fnkalit so‘zi Rust da yangi funksiya e’lon qilishni bildiradi.mainfunksiyasi — har qanday Rust dasturining kirish nuqtasi (entrypoint) hisoblanadi. Dastur doimo aynan shu yerdan boshlanadi.- Funksiya tanasi jingalak qavslar
{ ... }ichida yoziladi.
println!("Salom, Dunyo!");:- Ushbu qator ekranga matn chiqaradi.
- Diqqat qiling:
println!oxirida undov belgisi (!) bor. Bu shunchaki oddiy funksiya emas, balki Rust Makrosi (Macro) ekanligini anglatadi. Rust da makroslar va oddiy funksiyalar boshqacha ishlaydi (buni 19-bobda batafsil ko‘ramiz). - Har bir ifoda oxiriga nuqta-vergul (
;) qo‘yiladi.